Fransiyalik mutaxassis Charlotte Bonin ishtirokidagi navbatdagi darsdan lavhalar
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyiga Fransiyalik mutaxassis Charlotte Bonin tashrif buyurib, o'quvchilar bilan ilk darslarini o'tkazganligi haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, bugun, 14-may kuni ham Fransiyalik mutaxassis hamda SamDCHTI akademik litseyining 106-guruh o'quvchilari ishtirokida navbatdagi dars "Fransiya hamda uning viloyatlaridagi milliy taomlari" mavzusida tashkil qilindi.
Dars jarayonida mutaxassis o'quvchilarga mazkur davlatning turli hududlaridagi taomlar, ularning tayyorlanishi hamda o'ziga xos jihatlari haqida o'quvchilarga ma'lumot berish barobarida o'zbek milliy taomlari xususida ham fikr almashdilar.
Bundan tashqari, jarayon davomida taqdim etilgan mavzuga doir turli video va foto lavhalar mavzuning o'quvchilar uchun yanada tushinarli va qiziqarli bo'lishini ta'minladi.






SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati


