Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Kuvatova Nafisa Zayerjonovna tomonidan 108-guruhda adabiyot fanidan Saddi Iskandariy asari yuzasidan “Amaliy mashgʻulot” mavzusida ochiq dars tashkil etildi
Mazkur doston buyuk mutafakkir Alisher Navoiy qalamiga mansub bo‘lib, unda adolat, donishmandlik va komil inson g‘oyalari yuksak badiiy mahorat bilan ifodalangan.
Dars jarayonida “Tugun kimga tushdi?”, “Tandir”, “Adashgan arilar”, “Boshqotirma”, “QMT”, “Kungaboqar”, “Toifalash jadvali” kabi interfaol metod va didaktik o‘yinlardan samarali foydalanildi.
Ushbu metodlar o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda asar mazmunini chuqurroq anglashlariga xizmat qildi.






