206-guruh o‘quvchisi Rabbimova Fazilat Sherzodovna koreys tili fanidan o‘tkazilgan tanlovning yakuniy bosqichiga muvaffaqiyatli yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Chop etish

Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyining 206-guruh o‘quvchisi Rabbimova Fazilat Sherzodovna koreys tili fanidan o‘tkazilgan tanlovning yakuniy bosqichiga muvaffaqiyatli yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ushbu yutuq uning koreys tiliga bo‘lgan kuchli qiziqishi, izchil mehnati va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga sadoqat bilan intilayotganidan dalolatdir.

 

Biz Fazilat Sherzodovnaga yakuniy bosqichda ham yuksak natijalar, mustahkam ishonch va g‘alaba sari qat’iyat tilaymiz. Ishonamizki, bu yutuq kelgusidagi yanada katta marralar sari tashlangan muhim qadam bo‘ladi. Omad va zafarlar hamroh bo‘lsin!

 

SamDChTI Akademik litseyi Axborot xizmati