Akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan Vatan madhiga aylangan muqaddas ranglar aks etgan ijodiy rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi
18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan SamDCHTI akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan Vatan madhiga aylangan muqaddas ranglar aks etgan ijodiy rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Yosh ijodkorlar o‘z ishlarida bayrog‘imizning tarixiy ahamiyati, uning mustaqillik va milliy g‘urur timsoli ekanini yorqin bo‘yoqlar bilan ifodalashdi. Ushbu rasmlar orqali o‘quvchilar Vatanga muhabbat, birlik va yuksak g‘urur tuyg‘usini yanada chuqurroq namoyon etishdi.
SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati


