Bilimli bo’lishdan ko’ra odob-axloqli bo’lish muhimroq!!!
Samarqand davlat chet tillar instituti rektor maslahatchisi H.Usmonqulov, institut inspektori hamda SamDCHTI akademik litseyning rahbar xodimlari ishtirokida litsey o’quvchilariga ‘’Ochiq muloqot’’ bo’lib o’tdi. Muloqot davomida litsey o‘quvchilari bilan jamoat tartib qoidalarga rioya qilish, ota-onaga hurmat, ona vatanga muhabbat, jinoyatga jazo muqarrarligi, vatan kelajagi uchun barcha daxldorligi to’g’risida tushinchalar berildi.






