SamDUda tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni" akademik litsey bitiruvchi o‘quvchilari uchun juda foydali va ilhomlantiruvchi tadbir bo‘ldi
Samarqand davlat universitetida tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni" Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyi bitiruvchi o‘quvchilari uchun juda foydali va ilhomlantiruvchi tadbir bo‘ldi. Tadbir davomida ular filologiya fakulteti tarixi, mavjud yo‘nalishlar hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, universitet o‘quv binolari, Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti va axborot resurs markazlariga tashrif buyurib, oliy ta’lim muassasasidagi ilmiy va amaliy muhitni his etishdi. Bunday tashabbuslar litsey bitiruvchilarining kasb tanlovi va oliy ta’limga bo‘lgan intilishini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.








