"Mustaqil o'qilgan asarlar yuzasidan suhbat. Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar " romanida tarixiy va badiiy haqiqat" mavzusi yuzasidan o'tkazilgan qiziqarli ochiq dars

Chop etish

Adabiyot, san'at va musiqa, shubhasiz, kishining aqliy, ijodiy va shaxsiy o'sishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham barcha ta'lim muassasalarida mazkur fanlarning samarali o'qitilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda

 

Xususan, SamDCHTI akademik litseyida ham turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, ochiq dars va mashg'ulotlar muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda. Jumladan, 204-guruh o'quvchilari ishtirokida  adabiyot fanidan "Mustaqil o'qilgan asarlar yuzasidan suhbat. Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar " romanida tarixiy va badiiy haqiqat" mavzusi yuzasidan o'tkazilgan qiziqarli ochiq dars so'zimiz isbotidir.

 

Fan  doirasida o'tkazilgan mazkur darsda  "To'g'ri-noto'g'ri", "Yulduzli osmon", "Gallaktikaga sayohat", "O'tmish va kelajak ko'prigi ", "Sirli yo'llar", "Sharada- she'riy topishmoq", "Rebus", "Rasmlar tilga kirganda", "Sehrli tuxum" kabi metodlardan foydalanildi. Shuningdek "Agrar. Yo hayot, yo mamot" bobidan parcha o'quvchilar tomonidan mahorat bilan sahnalashtirilganligi barchada o'zgacha taassurotlar qoldirdi va  faol ishtirok etgan oʻquvchilar ,, Faxriy yorliq " bilan taqdirlandi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati