DIQQAT TANLOV

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida 18-noyabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan vatanparvarlikni, Davlat ramzlarini ulug‘lashga qaratilgan “Muqaddasdir Vatan Bayrogʻi!” nomli “Ijtimoiy videorolik” tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlovda ijodiy ishlar Davlat Bayrog‘ini ulug‘lashni, vatanga muhabbat hissini hamda  vatanparvarlikni o'zida ifoda etishi kerak bo‘ladi.

Ijodiy ishlarda kreativlik va yangicha yondashuv, milliylikka qaratilgan ijodiy ishlarga ustunlik beriladi.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar yangidan yaratilgan va ilgari tanlovlarda ishtirok etmagan boʻlishi hamda OAVlarida yoritilmagan bo‘lishi lozim. Shuningdek, boshqa ijtimoiy tarmoqlardan olinishi  taqiqlanadi va  qabul qilinmaydi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar o‘z ishlarini SamDCHTI akademik litseyi admini @SALIMOVNA_0128 ga  (ism-familiyasi, guruhi bilan ) yuborishi lozim.

Tanlov uchun materiallar joriy yilning

1-noyabr kunidan 15-noyabr (20:00) kuniga qadar qabul qilinadi.

Taqdim etilayotgan ijodiy ishlar 1-2 daqiqali, hajmi 100 mb dan oshmasligiga, tasvirlar sifatli  tiniq  boʻlishiga alohida e’tibor qaratish lozimligini eslatib oʻtamiz.

Tanlov g‘oliblari

1-o’rin I darajali diplom,

2-o’rin  II darajali diplom,

3-o’rin III darajali diplom bilan taqdirlanadi.

G'oliblar Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyi ijrochi detektori tomonidan taqdirlanadi.

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati