MOCK imtihoni
Joriy yilning 23-oktabr sanasida navbatdagi MOCK imtihoni Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan 2-bosqich o'quvchilarining 2 yil davomida ingliz, koryes, xitoy tillaridan 4 ko'nikma bo'yicha olgan bilimlarini aniqlash maqsadida tashkil qilindi.
Ushbu imtixon Samarqand davlat chet tillar institutining malakali o'qituvchilari bilan hamkorlikda tashkil qilindi va akademik litseyning 2-bosqichda tahsil olayotgan 160 nafar o'quvchisi ushbu imtixonga jalb qilindi. Test jarayonida qatnashchilar ingliz, xitoy, koryes tillarida o'qish, yozish, eshitish bo'yicha o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdilar. Samarqand davlat chet tillar instituti bilan hamkorlikda davomiy tashkil etilayotgan bu kabi test sinovlari o'quvchilarning bilimlari va xorijiy tillardagi ko'nikmlarini yanada mustahkamlanishida o'zining ijobiy samarasini bermay qolmaydi.




