"Qadring baland boʻlsin, ona tilim" mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi

Chop etish

Joriy oʻquv yilining 18-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyida "Oʻzbek  tiliga davlat  tili" maqomi berilishi munosabati bilan "Qadring baland boʻlsin, ona tilim" mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.

 

Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan o'quvchilar o'z iqtidorlarini namoyon etishdi  va ona tilimizning qadr-qimmati, unga ko'rsatishimiz kerak bo'lgan hurmat-ehtirom hamda kelajak avlodga uni yanada go'zal ko'rinishda yetkazib berish to'g'risida o'zlarining fikr-mulohazalarini bayon qildilar.

 

Ma'lumot o'rnida, g'oliblar akademik litseyimizda 21-oktabr kuni ona tilimizning davlat tili sifatida qabul qilinganligiga 35 yil to'lishi munosabati bilan tashkil etilishi kutilayotgan madaniy-ma'rifiy tadbir davomida e'lon qilinadi.

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati