Akademik litsey ijrochi direktori talabalar turar joyida yashovchi oʻquvchilarining yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi ijrochi direktori Dilshodxon Islomov 2024-yil 25-sentabr kuni SamDCHTI 2-sonli Talabalar turar joyida yashovchi akademik litsey oʻquvchilarining yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi va TTJ da yashovchi oʻquvchi yoshlar bilan samimiy ochiq muloqot o'tkazdi. Shuningdek Talabalar turar joyida yuzga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.






