Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyiga Koreyaning Jeollanamdo xalqaro ta’lim boshqarmasidan yuqori darajali mehmonlar tashrif buyurdi
Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyiga Koreyaning Jeollanamdo xalqaro ta’lim boshqarmasidan yuqori darajali mehmonlar tashrif buyurdi. Boshqarma rahbari Heo Kwang Yang ni Akademik litsey ijroji direktori Bobur Abdurazzoqov kutib oldi.Muzokara jarayonida tomonlar o’zaro bir qancha takliflarni o’rtaga tashladi hamda bir necha kelishuvlarga erishildi.
Ikki muassasa o’rtasida talaba almashinuvini yo’lga qo’yish, shu jumladan o’qituvchilarni ham malaka oshirish uchun yuborish chora-tadbirlari haqida so’z yuritildi.









SamDCHTI akademik litseyi axborot xizmati


