Akademik litseyda o‘quvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida o‘quvchilar ishtirokida  davra suhbati tashkil etildi

SamDCHTI akademik litseyida Samarqand shahar IIOFMB XPB inspektor psixologi katta leytenant SH.T.Laxanov,  leytenant H.Qurbonboyeva ishtirokida o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan davra suhbati tadbiri bo'lib o'tdi.

Targ‘ibot-tashviqot ishlari orqali yoshlarda vatanparvarlik ruhini uyg‘otish, “Jinoyatga jazo muqarrar” bo‘lishi haqida  so'z yuritildi hamda tadbir so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarining mavzu yuzasiga doir savollarini berishdi va ma’sullardan kerakli javoblarni olishdi. Shu o'rinda akademik litsey bilan ichki ishlar  organlarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida bir qancha ishlar  belgilab olindi.