Akademik litseyning 2 nafar o'quvchilari Janubiy Koreya Respublikasiga jo'nab ketishmoqda!

Chop etish

O'zbekiston - Janubiy Koreya respublikalari o'rtasidagi diplomatik aloqalar doirasida  Janubiy Koreyaning Kyungpook viloyatidagi maktablarda o'zbekistonlik yoshlar uchun "Madaniyatlar almashnuvi" loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihada ishtirok etish uchun Akademik litseyning ikki nafar o'quvchilari: Shaxriyorov Daler va Amrillayeva Sabrinalar 11-15 dekabr sanalarida Janubiy Koreya respublikasida bo'lib qaytishadi.

Safar oldidan Akademik litsey ijrochi direktori Boburjon Abdurazzoqov o'quvchilar bilan uchrashib suhbat o'tkazdi. Uchrashuv davomida direktor o'quvchilarga o'z tavsiya va ko'rsatmalarini berib, ularga oq yo'l tiladi!