“Faxriylarni E’zozlab”

Chop etish

Ramazon hayiti kuni munosabati bilan oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi  akademik litseylar rahbar-xodimlari tomonidan tizimda faoliyat yuritgan nuroniylarni e’zozlash, ularga hurmat ko‘rsatish, shuningdek kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan xodimlar hamda o‘quvchilar holidan xabar olish, mehr-muruvvat, sahovat ko‘rsatish borasida ishlar amalga oshirildi.

Joriy 2022-2023-o‘quv yilining 20-aprel sanasida Hayit bayrami munosabati bilan mehr-muruvvat, saxovat ko‘rsatish maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi tizimda faoliyat yuritgan nuroniylar, shuningdek  Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tavsiya etilgan kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqorolar holidan xabar olindi.

Faxriy o’qituvchilarga akademik litsey rivoji uchun qo’shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirishdi hamda kirib kelayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan ularni tabriklashdi.