Yutuqlarimizni e'tiboringizga havola etishda davom etamiz!

SamDCHTI akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilarimiz ustozlari hamda o'zlarining betinim mehnatlari natijasi o'laroq turli faxrli natijalarni qayd etishmoqda.
SamDCHTI akademik litseyining iqtidorli o'quvchilaridan biri Xolmurodova Anora Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo'yicha xalqaro sertifikat — IELTS imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tib, umumiy 6.0 darajani qo'lga kiritdi.

Akademik litseyning 202-guruh o'quvchisi Quvvatxonova Maftuna Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo'yicha xalqaro sertifikat — IELTS imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tib, umumiy 6.0 darajani qo'lga kiritdi.

Ilmga chanqoq va intiluvchan o'quvchilarimizdan yana biri Jumayeva Munira Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo'yicha milliy sertifikat — CEFR imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tib, B2 darajani qo'lga kiritdi.
O'quvchilarimizni erishgan yutug'i bilan qutlagan holda, kelgusida yanada yuqori natijalarni qayd etishini tilaymiz!
SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati


