Akademik litseyi direktori Dilshodxon Islomov – Koreya Respublikasining Jeju provinsiyasiga bir qator nufuzli tashkilotlarda uchrashuvlar, muzokaralar va amaliy tashriflar o‘tkazmoqda
Samarqand davlat chet tillar instituti delegatsiyasi - SamDCHTI xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Javohirxon Nasrullayev va SamDChTI akademik litseyi direktori Dilshodxon Islomov – Koreya Respublikasining Jeju provinsiyasiga 23–28-noyabr kunlari amalga oshirilayotgan tashrifi doirasida bir qator nufuzli tashkilotlarda uchrashuvlar, muzokaralar va amaliy tashriflar o‘tkazmoqda.
Dastlabki kunlarda delegatsiya Jeju Development Corporation (Samdasoo) markaziga tashrif buyurib, kompaniyaning suv resurslari boshqaruvi, ekologik barqarorlik va hududiy rivojlanish bo‘yicha ilg‘or tajribasi bilan tanishdi hamda “yashil ta’lim”, ekologiya va innovatsion boshqaruv yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shundan so‘ng Jeju Ta’lim Departamenti rahbariyati – Ta’lim superintendenti va xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi; bunda koreys tilini o‘qitish, o‘quv dasturlarini integratsiya qilish, o‘qituvchi almashinuvi, Jejuda qisqa muddatli o‘quv-amaliy dasturlar tashkil etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Tashrifning navbatdagi muhim manzili Jeju Milliy Universiteti bo‘lib, universitet prezidenti, prorektorlari va Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbariyati bilan uchrashuv davomida qo‘shma ta’lim dasturlari (2+2, 3+1), ilmiy-tadqiqot loyihalari, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, talabalar uchun grant va stipendiya imkoniyatlari, shuningdek, xalqaro konferensiyalarni birgalikda tashkil etish kabi yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi. Shundan so’ng, delegatsiya Jeju Provincial Council raisi va kengash a’zolari bilan uchrashib, O‘zbekiston–Koreya aloqalarini ta’lim, madaniyat, yoshlar diplomatiyasi va parlamentlararo hamkorlik doirasida yanada kengaytirish, Jejuda o‘zbekistonlik yoshlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalalarini muhokama qildi. Tashrif davomida Sanbangsan, Yongmeori Coast, Sagye Coast kabi tarixiy-madaniy maskanlar, shuningdek, Jejuning ekologik turizm infratuzilmasi bilan ham tanishuv tashkil etildi.



.jpg)


.jpg)

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati


