Ona tili fanidan “Ibora, aforizm va maqollardan o‘rinli foydalanish” mavzusida 103-guruhda Guzal Ochilova tomonidan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi

SamDCHTI akademik litseyida ona tili fanidan “Ibora, aforizm va maqollardan o‘rinli foydalanish” mavzusida 103-guruhda Guzal Ochilova tomonidan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Dars jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshirish va mavzuni chuqur o‘zlashtirish maqsadida “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Savol-javob”, “Guruhlarda ishlash” hamda taqdimot metodlaridan samarali foydalanildi.

 

Mashg‘ulot davomida ibora, aforizm va maqollarning nutqdagi o‘rni, ularning mazmuniy ahamiyati va o‘rinli qo‘llanilishi misollar asosida tushuntirildi. O‘quvchilar berilgan topshiriqlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etib, fikrlarini erkin bayon qildilar.

 

 

SamDChTI Akademik litseyi Axborot xizmati