104-guruh o‘quvchilari bilan Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat” asari bo‘yicha ochiq dars o‘tkazildi

SamDCHTI akademik litseyi 104-guruh o‘quvchilari bilan Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat” asari bo‘yicha ochiq dars o‘tkazildi.

 

Dars davomida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, matnni chuqur anglash va ma’naviy qarashlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan zamonaviy metodlar qo‘llandi. Jumladan: ,,Tushunchalar tahlili", ,,Sirli lug‘at", ,,Toifalash", ,,Ma’lumotlar zanjiri", ,,Suratlar so‘zlaganda"

 

Har bir metod o‘quvchilarni faollikka chorlab, “Devoni hikmat”dagi tasavvufiy g‘oyalar — tavba, poklanish, diyonat, kamtarlik kabi mavzularni chuqurroq anglab olishga xizmat qildi.

 

Dars yakunida o‘quvchilar Yassaviy hikmatlarining bugungi hayotimizdagi o‘rni va tarbiyaviy ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 

 

SamDChTI Akademik litseyi Axborot xizmati