Akademik litseyda ‘’Yoshlar kuni’’ munosabati bilan atoqli o‘zbek shoiri, Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
SamDCHTI akademik litseyida ‘’Yoshlar kuni’’ munosabati bilan atoqli o‘zbek shoiri, Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘qituvchilar hamda o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida 202-guruh o‘quvchilari tomonidan shoir ijodiga bag‘ishlangan she’rlar ifodali tarzda o‘qilib, mazmunli slayd taqdimoti namoyish etildi. 103-guruh o‘quvchilari ham Abdulla Oripov qalamiga mansub she’rlarni yoddan o‘qib, tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladilar. Shuningdek, 107-guruh o‘quvchisi tomonidan ijro etilgan raqs chiqishi yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbir soʻngida shoirning hayoti va ijodiy faoliyatiga alohida e’tibor qaratilib, uning asarlarida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar hamda insoniy fazilatlar yuksak darajada tarannum etilgani ta’kidlandi.



.jpg)
.jpg)




