8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan akademik litseyda rasmlar ko’rik tanlovi bo’lib o’tadi!

Tanlov shartlari:

  1. Har bir ishtirokchi katta plakatga o‘z ijodiy ishini chizishi kerak.
  2. Mavzu: Ayollar qadri, ona mehri, go‘zallik va bahor nafasi.
  3. Eng chiroyli va mazmunli 3 ta rasm g‘olib deb topiladi va ularga maxsus sovg‘alar topshiriladi.
  4. Eng yaxshi chizilgan rasmlar bayram tadbirida faollar zali devoriga joylashtiriladi.

 

Ijodiy ishlarni topshirish muddati:

2026-yilning 4-martga qadar.

 

Ijodiy ishlarni topshirish joyi:

Xotin-qizlar raisi U.Mamatjonovaga qarashli 314-xona.

 

Tanlovda barcha o‘quvchilar ishtirok etishi mumkin!

Keling, ijodingiz orqali ayollarimizga bo‘lgan hurmat va mehrimizni namoyon qilamiz!

 

 

SamDChTI Akademik litseyi Axborot xizmati