Yangi yildan boshlab sizlarning bilim va ko‘nikmalaringizni yanada rivojlantirish, mustaqil fikrlashni kuchaytirish maqsadida bepul tugaraklar va amaliy loyihalar tashkil etish rejalashtirilmoqda

 

Akademik litseyda yangi yildan boshlab sizlarning bilim va ko‘nikmalaringizni yanada rivojlantirish, mustaqil fikrlashni kuchaytirish hamda kelajakdagi ta’lim va kasbiy faoliyatingizga puxta tayyorlash maqsadida bepul tugaraklar va amaliy loyihalar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

 

Ushbu tugaraklar orqali siz:

  • taqdimot o‘tkazish va jamoa oldida erkin chiqish qilish;
  • ilmiy maqola va tadqiqot ishlari yozish;
  • tanqidiy fikrlash, adabiyotlar bilan ishlash hamda infografikalar tayyorlash;
  • xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalariga tayyorgarlik ko‘rish

 

kabi muhim va zamonaviy ko‘nikmalarga ega bo‘lishingiz mumkin.

 

Quyidagi qisqa so‘rovnoma orqali qaysi yo‘nalishlar siz uchun qiziqarli va muhim ekanini aniqlashga yordam bering. Sizning fikringiz asosida tugaraklar yo‘nalishi, darslar formati va tashkiliy jarayonlar belgilanadi.

 

So‘rovnomada ishtirok etish sizdan atigi bir necha daqiqa vaqt oladi, ammo natijalari siz uchun foydali va samarali bo‘lgan loyihalarning yo‘lga qo‘yilishiga xizmat qiladi.

 

Hurmat bilan, Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyining xorijiy tillar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Radjabov Jamol hamda Axborot-resurs markazi (ARM) xodimi.

 

SamDChTI Akademik litseyi Axborot xizmati